Iqtisodiyot | 15:47 / 07.02.2017
6771
2 daqiqa o‘qiladi

“Prodekspo-2017”da o‘zbekistonlik eksportchilar 20 million dollarlik shartnoma imzolashdi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida 24-Oziq-ovqat sanoati va sharbatlar yarmarkasi boshlandi. 6-10 fevral kunlari davom etadigan mazkur ko‘rgazmada dunyoning 57 davlatidan 2000 ga yaqin kompaniya ishtirok etmoqda.Unda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tasarrufidagi “MARWIN BRANDS” MChJ,  “KOLBERG” MChJ, “Agromir” QK, “Intersok” QK, “Gold Dried Fruits Export” MChJ, “MAVIS GLOBAL” MChJ, “Class Food Servis” MChJ va “Vazira Biznes” MChJ korxonalari o‘z mahsulotlari bilan qatnashishmoqda. 

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi ishbilarmonlari manfaatlarini o‘zida ifoda etgan mamlakatimiz oziq-ovqat salohiyati milliy stendi ham taqdim etilgan.

Yarmarka ishining birinchi kunida  “O‘zbekoziqovatxolding” XK va “Garden” MChJ tijorat kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, qiymati 20 million AQSh dollari bo‘lgan qayta ishlangan, zudlik bilan muzlatilgan va quritilgan  meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomasi imzolandi.

 «Prodekspo-2017» Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida eksport shartnomalari tuzish ishlari davom etmoqda.

 

Mavzuga oid