Hakam futbol tarixida kuzatilmagan hayratomuz golni inobatga oldi
Honduras chempionati doirasidagi uchrashuvda «Olimpiya» hujumchisi Roxer Roxas «Gotagua» darvozasini so‘nggi daqiqalarda nishonga oldi.
Ammo u gol kiritgan vaziyatda maydonga begona muxlis o‘z koptoki bilan tushib kelgan va aynan «Gotagua» jamoasi darvozasiga zarba yo‘llagandi. Epizod Instagram‘ning rldesignz akkaunti sahifasida e'lon qilingan.
94-daqiqa o‘tib borayotgan vaziyat Roxas jarima maydonchasi yaqinidan zarba beradi. Bu vaqtda «Gotagua» darvozasi oldida begona muxlis boshqa bir to‘pni tepib kelayotgan bo‘ladi va u darvozaga zarba beradi. Bundan bir soniyacha oldin Roxas tomonidan berilgan zarba ham golga aylangandi. Hakam o‘yinga begona muxlis va ikkinchi to‘p aralashgan bo‘lishiga qaramay, gol inobatga olinadi va o‘yin — 2:2 hisobida durang bilan yakunlanadi.
Mavzuga oid
11:52 / 06.09.2024
O‘zbekiston va Britaniya futbol sohasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish imkonini muhokama qilmoqda
13:42 / 19.08.2024
DXX kubogi Respublika bosqichiga qur’a tashlandi
22:42 / 16.08.2024
«Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli quyi ligaga ravona bo‘lishi mumkin – OAV
20:31 / 29.07.2024