Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning ta'kidlashicha, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi vaziyatni o‘zgartirish ishlari talab darajasida olib borilmayapti. Buni aholidan Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan ko‘plab ariza va shikoyatlar tasdiqlab turibdi.
Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Shifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.
Tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha sezilarli ishlar ko‘zga tashlanmayapti. Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish ishlariga yetarlicha e'tibor berilmayapti.
Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta'minlashning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma'naviyatini, mas'uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o‘zgartirish zarur, dedi davlatimiz rahbari.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024