Jamiyat | 00:33 / 08.02.2017
11592
1 daqiqa o‘qiladi
O‘sh shahrida marshrutkalardan voz kechilmoqda
O‘sh shahrida yo‘nalishli mikroavtobuslar soni qisqartirilmoqda. Bu haqda O‘sh hokimi Aytmamat Qodirboyev aholi bilan bo‘lgan uchrashuvda ma'lum qildi.
2016 yilning oxiriga kelib O‘shga 30 ta yangi zamonaviy avtobus keltirildi. Shu sababli shaharda ba'zi marshrutkalar yo‘nalishlari bekor qilinib, ular o‘rniga soat 6.30 dan 21.00 gacha avtobuslar qatnashni boshladi.
"Shuningdek, 23 ta trolleybus olib kelinishi kutilmoqda. Trolleybuslar kelishi bilan yo‘nalishli mikroavtobuslar soni qisqaradi. Buning barchasi aholini jamoat transporti xizmati bilan to‘liq ta'minlash maqsadida qilinmoqda", deb aytdi Qodirboyev.
Mavzuga oid
11:12 / 05.04.2024
Qirg‘iziston O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildiryapti
18:19 / 19.12.2023
Samarqandda tramvay va Xorazmda trolleybus transporti rivojlantiriladi
20:23 / 07.12.2023
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi rasman ochildi
08:05 / 06.12.2023