Amerikalik nafaqaxo‘r ayol 7 mamlakatni velosipedda aylanib chiqdi
AQShning Montana shtati fuqarosi bo‘lgan keksa ayol Etel Makdonald (Ethel MacDonald) dunyo bo‘ylab velosipedda 16 ming kilometrni ortda qoldirish uchun o‘zida kuch topa oldi. Nafaqaxo‘r kamida 7ta mamlakatni aylanib chiqqan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.
Yaqinda 78 yashar amerikalik ayol Irlandiyada bo‘ldi. Sobiq fransuz tili o‘qituvchisi 2003 yilda nafaqaga chiqqach sayohat qilishni boshlagan.
Makdonald o‘zining ilk safarini Fransiyaning Atlantika sohillari bo‘ylab amalga oshirgan. U, shuningdek, velosipedda Niderlandiya, Germaniya, Belgiya, Skandinaviya mamlakatlari (Shvetsiya, Norvegiya, Daniya)ni aylangan. Ayol AQShni ham yoddan chiqarmagan.
Makdonaldning hikoya qilishicha, u yolg‘iz sayohat qilishni yoqtiradi. Bunda, uning tan olishicha, inson o‘zini to‘la mustaqil va o‘zining yakka xo‘jayindek his qiladi.
Odatda, amerikalik ayol bir sayohat mobaynida 1,6 ming km. masofani ortda qoldiradi. Buning uchun 3-4 hafta vaqt sarflaydi. Yiliga esa bir yoki ikki marotaba sayohatga chiqadi.
Makdonald sayohatga chiqqan vaqtida mablag‘ni tejash maqsadida o‘ziga o‘xshagan sayohatchilarnikida tunaydi. U velosayohat uchun qulay bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini ham tuzib chiqqan. Unda birinchi o‘rin Niderlandiyaga tegishli. Daniya ikkinchi o‘rinda, Germaniya uchinchida. Fransiya va Belgiya to‘rtinchi o‘rinni baham ko‘rgan.
Mavzuga oid
18:40 / 20.08.2024
“Sokin inqilob” - Hindistonda velosipedlar qizlarning maktabga qatnashida asosiy transportga aylandi
15:56 / 16.05.2024
“Avtomobilda emas, velosipedda ishga boramiz” - Yevropaning qaysi davlatlarida velosipedda yurish uchun pul to‘lanadi?
12:10 / 06.10.2023
“Dunyo kezib, odamlarning e’tiborini suv muammolariga qaratyapmiz” – fransiyalik yoshlar O‘zbekistongacha velosipedda keldi
16:50 / 12.08.2023