O‘zbekiston | 10:23 / 12.02.2017
30675
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Niyozxo‘jayev Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari, Stats-sekretar Grigoriy Karasin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Rossiya vakillari o‘rtasidagi muzokaralar 9 fevral kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari kun tartibida turgan dolzarb mavzular, shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qilishgan.

Mavzuga oid