AQSh O‘zbekistonning bosh sayyohlik maskanini ma'lum qildi
O‘zbekistonning Samarqand shahridagi Registon maydoni jahon sayyohlik xaritasida aks ettirildi. Amerikaliklar tomonidan jahon mamlakatlarining diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan xaritada Registon O‘zbekistonning asosiy diqqatga sazovor joyi sifatida qayd etilgan.
Sayohatchilar uchun turli ma'lumotlarni taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi Amerikaning TripAdvisor kompaniyasi, o‘z tasnifi bo‘yicha jahon mamlakatlarining eng diqqatga sozovor joylarining xaritasini tuzib chiqdi. Unda O‘zbekistonda Registon maydoni qayd etilgan.
O‘zbekiston qo‘shnisi Afg‘onistonda, xarita mualliflariga ko‘ra, Boburshoh qabri eng diqqatga sazovor joydir. Hindistonda Toj Mahal, Qozog‘istonda baland tog‘li Medeo maskani, Qirg‘izistonda Ola-archa o‘rmoni, Tojikistonda Ro‘dakiy parki, Turkmanistonda «Darvoza» gaz krateri e'tiborga molik joylar sifatida qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
18:59 / 15.09.2024
Foto: Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
11:58 / 27.08.2024