Ruminiya hukumatiga qarshi norozilik namoyishida 50 ming kishi qatnashmoqda
Ruminiyada 50 ming kishi hukumatga qarshi norozilik aksiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Mamlakat poytaxti Buxarestda, hukumat binosi oldida 12 fevral, yakshanba kuni 50 ming kishi to‘plandi. Mahalliy vaqt bilan soat 21:00da ular bir vaqtning o‘zida boshlari uzra qizil, sariq va ko‘k rangdagi qog‘oz varaqlar ko‘tarib, Ruminiya davlat bayrog‘ini hosil qilishdi.
Ruminiyaning boshqa shaharlarida, shuningdek, xorijda ham yana o‘n minglab kishilar norozilik namoyishiga chiqishdi.
Bundan avval Ruminiya hukumati qonunga korrupsiya bo‘yicha hibsga olingan hukmron partiya tarafdorlarini qamoqdan ozod qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirish kiritishdan voz kechgandi. Biroq norozilik namoyishlari to‘xtamayapti.
Bu norozilik to‘lqinlari - 1989 yilning dekabridan buyon eng ommaviy namoyish hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:05 / 19.10.2024
Havo makonining buzilishi: Ruminiya qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi
23:30 / 17.09.2024
Ruminiyada noma’lum erkak parlament binosiga o‘t qo‘ydi. Qariyb 300 kishi evakuatsiya qilindi
14:23 / 16.09.2024
Yevropada kuchli suv toshqinlari - fotosuratlar
20:49 / 14.09.2024