Jahon | 15:32 / 14.02.2017
13695
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Istanbulda tungi klubga uyushtirilgan hujumning ehtimoliy tashkilotchisi qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Turkiya politsiyasi Istanbul shahrida Reina tungi klubiga uyushtirilgan hujumning ehtimoliy tashkilotchisini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Haberturk.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs asli kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Fransiya fuqarosidir. Uning nomi aniq keltirilmagan. U IShID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib qidirilayotganlar ro‘yxatida bo‘lgan. U terakt ijrochisi Abdulqodir Masharipov berkingan xonadonlardan birini ijaraga olgan.

Huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs 2009 yildan beri Fransiyada yashab keladi.

Avvalroq Istanbulda Reina tungi klubida sodir etilgan terakt ijrosisi Abduqodir Masharipov hibsga olingani haqida xabar bergandik.

Abduqodir Masharipov

Tungi klubga qurolli hujum 1 yanvarga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiya xodimini otib o‘ldirib, bino ichiga otilib kirgan hamda tashrif buyurganlarga qarata o‘t ochgan. Hujum oqibatida dunyoning 13 davlatidan bo‘lgan 39 nafar inson halok bo‘ldi, 70 kishi jarohatlandi. Terakt uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid