Jahon | 07:54 / 15.02.2017
31439
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya «Qrimni qaytarishiga» umid qilmoqda

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytarib berishiga umid qilmoqda, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.

"Prezident Tramp Rossiya hukumati Ukrainadagi zo‘ravonlikka barham berishi va Qrimni qaytarishiga umid qilishini tushunishlarini aniq bildirib qo‘ydi", deb aytgan Spayser matbuot-anjumanda. 

Uning aytishicha, Tramp "avvalgi ma'muriyatdan farqli", Rossiya bilan ko‘plab muammolar, jumladan IShID masalasini hal qilish uchun yaxshi munosabatlar o‘rnatmoqchi.  

Spayser shu bilan birga AQShning Rossiya sanksiyalari bo‘yicha joriy strategiyasi o‘zgarishsiz qolishini ta'kidlab o‘tdi. 

Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Viktor Ozerovning fikricha, Oq uyning "Qrimning qaytarilishi" haqidagi gaplari AQSh ma'muriyatining AQSh yuqori doiralarining Trampning "Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi" pozitsiyasi sababli noroziligini "bosdi-bosdi" qilishga urinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Kalashnikov Spayserning gaplarini Trampga bosim o‘tkazilayotgan bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda.

Mavzuga oid