OAV: Putin uchun Trampning "ruhiy holati bo‘yicha hujjat" tayyorlandi
NBC News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun uning amerikalik hamkasbi Donald Trampning ruhiy holati bo‘yicha hujjat tayyorlangan.
Ta'kidlanishicha, hujjatdagi dastlabki xulosalarga ko‘ra, "AQSh prezidenti tavakkalchi va shu bilan birga sodda inson" deb e'tirof etilgan.
"Kremlda juda jiddiy tayyorgarlik ishi ketmoqda. Shuningdek, Trampning oxirgi 2-3 oydagi xatti-harakatlari tahliliga asoslangan uning ruhiy portreti bo‘yicha 7 sahifalik hisobot tayyorlangan", deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Andrey Fyodorov.
Fyodorovning aytishicha, u Trampni 20 yildan beri biladi.
Telekanalning ma'lum qilishicha, "AQSh prezidenti "ongiga kirib ko‘rishga" urinish Putinga uning Tramp bilan birinchi uchrashuvida yordam berishi bilan shartlangan". Hozircha bu uchrashuv sanasi belgilanmagan.
Mavzuga oid
10:30 / 03.10.2024
Putin urushda qatnashayotgan sudlanuvchilarni jazodan ozod qildi
08:30 / 02.10.2024
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
08:50 / 01.10.2024
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:50 / 30.09.2024