Olimlar saratonni davolashning yangicha usulini kashf qilishdi
Saratonning so‘nggi bosqichidagi bemorlarni ularni uyquga ketkizish orqali samaraliroq davolash mumkin. Yangicha davolash usuli haqida italiyalik radiolog Marko Dyurante Amerika fan taraqqiyoti jamiyatining uchrashuvi doirasida so‘zlab berdi.
Uning fikricha, onkobemorlarni sun'iy gibernatsiya qilish radioterapiyaning salbiy ta'sirlaridan himoyalashi va o‘simtaning o‘sishini to‘xtatishi mumkin. Dyurante jonivorlarda o‘tkazilgan ko‘p yillik tajribalardan so‘ng ana shunday xulosaga keldi.
Uzoq vaqt sovuq ta'siriga tushirilgan odamlar gibernatsiyaga tushishgan - ularning yurak urishi sezilmagan, tana harorati 2-3 barobarga pasaygan. Biroq shifokorlarning yordamidan keyin ular salomatligiga jiddiy ziyon yetmagan holda qayta o‘zlariga kelishgan.
Davolashning bunday usuli shifokorlarga bemorga ziyon yetkazishga qo‘rqmay, radiatsiyaning yuqori dozalarini qo‘llash imkonini beradi. Hozircha tajriba faqat kalamushlarda o‘tkazildi va u muvaffaqiyatli kechdi. Agar ushbu tajriba usuli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi 10 yil davomida odamlarni davolashda qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.08.2019
Olimlar saraton rivojlanishi ehtimolini kamaytiruvchi parhezni ma'lum qilishdi
21:12 / 13.04.2019
Saratonni erta bosqichda aniqlash mumkin bo‘lgan belgilar ma'lum qilindi
15:22 / 04.02.2019
Olimlar saratonga chalinmaslikning uchta oddiy qoidasini aytishdi
12:36 / 09.12.2018