Toshkentda 2-sinfda o‘qiydigan qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Olmazor tumani tezkor xodimlari Buxoro viloyatidan bo‘lgan 33 yoshli shaxsni qo‘lga olishdi. U ikkinchi sinfda o‘qiydigan qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Nuz.uz.
Xabarda aytilishicha, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 22.30larda Olmazor tumani IIBga 159-raqamli maktabning 2-sinf o‘quvchisi ota-onasidan ariza kelib tushgan. Qizcha ota-onasining xabar berishicha, qizlarini noma'lum erkak zo‘rlamoqchi bo‘lgan.
«Noma'lum erkak bolani o‘zining velosipediga o‘tqizib, Sebzor mavzesidagi 9 qavatli binolardan biriga qarab yo‘l olgan. U qizchani cherdakka olib chiqqan hamda maktab o‘quvchisi otasi militsiyada ishlashini aytib baqirganidan so‘ng, qo‘rqib ketgan erkak uni tashlab, qochib qolgan», - deya aytib o‘tishgan tezkor xodimlar.
Ertasi kuni Qora-qamish mavzesida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan «Qopqon» amaliyoti o‘tkazildi. Olmazor tumanidagi «A'lo» restorani yonida taxminan 18.30larda shubhali erkak qo‘lga olingan. U velosipedda bo‘lgan. Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, u 1984 yilda tug‘ilgan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanilik fuqaro ekan. So‘roq paytida aynan u Sebzor mavzesida ikkinchi sinf o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Ayni damda ayblanuvchiga nisbatan barcha hujjatlar to‘plandi hamda Olmazor tumani IIBga topshirilgan.
Mavzuga oid
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024