Yevropa Ligasining 1/8 finaliga qur'a tashlandi
Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Ligasining nimchorak finali uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur'aga ko‘ra, turnir favoritlaridan biri «Manchester Yunayted»ga Rossiyaning «Rostov» jamoasi raqiblik qiladigan bo‘ldi.
O‘yinlar 9 va 16 mart kunlarida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish kerakki, bu bosqichda tarixda ilk marta Belgiyadan 3ta klub ishtirok etadi. Bu klublarning ikkisi «Gent» va «Genk» bu bosqichda o‘zaro to‘qnashadi. Shuningdek, qur'a Germaniyaning «Shalke» va «Borussiya» M jamoalarini bir-biriga raqib qildi.
«Rostov» (Rossiya) - «Manchester Yunayted» (Angliya)
«Lion» (Fransiya) - «Roma» (Italiya)
«Shalke» (Germaniya) - «Borussiya» (Menxengladbax, Germaniya)
APOEL (Kipr) - «Anderlext» (Belgiya)
«Selta» (Ispaniya) - «Krasnodar» (Rossiya)
«Kopenhagen» (Daniya) - «Ayaks» (Niderlandiya)
«Gent» (Belgiya) - «Genk» (Belgiya)
«Olimpiakos» (Gretsiya) - «Beshiktosh» (Turkiya)
Mavzuga oid
22:27 / 29.08.2024
YeChLga qur’a tashlandi - har bir klub 8 tadan raqibini bilib oldi
17:23 / 29.08.2024
Yangicha YeChL qanday bo‘ladi - turnir yangi formati haqida asosiy ma’lumotlar
11:49 / 23.08.2024
Rostov viloyatida neft bazalari ommaviy ravishda sotilmoqda
10:30 / 03.08.2024