Jahon | 18:37 / 24.02.2017
10924
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi mumkin

Tojikiston hukumati mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tojikistonning Moskvadagi elchisi Imomuddin Sattorov TASS’ga xabar berdi. U respublikaning bu tashkilotga kirish ehtimoli haqida to‘xtalib o‘tgan.

"Bu masala o‘rganib chiqilmoqda, - dedi diplomat. – Respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish imkoniyati va buning maqbulligini o‘rganib chiqmoqda". Shu bilan bir qatorda, uning qo‘shimcha qilishicha, Tojikiston rahbariyati “Postsovet hududidagi integratsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlamoqda”.

Ma'lumot uchun, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchilari sanaladi.

Mavzuga oid