Al-Boblik qochqinlar qishning qattiq sharoitida bir amallab kun kechirmoqda
Suriyaning IShID terrorchilari zo‘ravonligidan qochgan Al-Bob aholisi shaharga yaqin bo‘lgan aholi punktlaridagi chodirlarda kun kechirishga majbur bo‘lishmoqda.
Al-Bob aholisining bir qismi, asosan ayollar va bolalar Suriya ozodlik armiyasi kuchlari tomonidan nazorat qilinuvchi Susanbot qishlog‘i yaqinida joylashishgan.
Insonlar og‘ir sharoitlarda, suv va elektr energiyasiz yashashga majbur bo‘lmoqda. Ba'zi birlarga esa o‘zlari bilan chorva mollarini olib kelgani as qotmoqda.
Suriyalik Maryam Hazalning so‘zlariga ko‘ra, u Al-Bobni uch kun avval tark etgan.
Uning aytishicha, Al-Bobdan kelish chog‘ida bir necha bor terrorchilar tomonidan o‘qqa tutilgan.
«Barcha buyumlarni tashlab, piyoda ketishga majbur bo‘ldik. Biroq bu yer ancha xavfsizroq. Qishloq aholisi bizga barcha mumkin bo‘lgan yordamni bermoqda», - deydi Hazal.
Mavzuga oid
16:50 / 21.09.2024
Germaniyada qochqinlar soni yangi maksimal ko‘rsatkichga yetdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
09:27 / 22.08.2024