Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish boshlanganini ma'lum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, hozircha uchrashuv vaqti va joyi noma'lumligicha qolmoqda.
«Shuni aytishim mumkinki, bu uchrashuvning vaqti va qayerda o‘tkazilishi xususida aniqlik hozircha yo‘q, biroq uni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari boshlandi, hamda bu jihatdan Amerika tomoni bilan o‘zaro tushunish bor», – dedi Ryabkov.
Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQSh yetakchilari - Vladimir Putin hamda Donald Trampning uchrashuvi ko‘p ehtimol bilan 2017 yilning yozida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan G20 yig‘ilishiga qadar o‘tkazilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Vuhledar shahri egallanganini e’lon qildi
18:25 / 03.10.2024
«Krokus» ishiga aloqador shaxslar yana bir teraktni tayyorlashda ayblandi
16:57 / 03.10.2024