Toshkentda avtomobil saloni ichidan 16 million so‘m o‘g‘irlandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanida noma'lum shaxs Foziltepa ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonch qog‘ozi orqali boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi saloni ichidan 16 million so‘m puli bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi ishlamaydigan, 1973 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi fosh etilib, qo‘lga olindi.
Xabarda aytilishicha, hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:52 / 03.10.2024
Surxondaryoda tadbirkor o‘zi tahsil olgan maktab uchun 630 o‘rinli yangi bino qurib berdi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024