Lukashenko dunyoning "aqldan ozayotgan"idan xavotirda
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko "dunyo aqldan ozayotgani", biroq mamlakat jamiyatni parchalashga bo‘lgan urinishlarga munosib javob qaytara olishini aytdi. RIA "Novosti"da shu haqida xabar berdi.
"Hech qanday bo‘lmag‘ur xayollarga berilmaslik kerak: jamiyatimizni parchalash, undagi sharoitni beqarorlashtirish hamda bizga bosim o‘tkazish hech kimning qo‘lidan kelmaydi", - dedi Lukashenko Belarus militsiyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda.
Prezident "kun sayin, yil sayin shunday qilishni istaganlar soni kamayishini" ta'kidladi.
"Biz go‘yoki tomoqqa tiqilgan suyakdekmiz. Siz atrofda nimalar bo‘layotganini ko‘rayapsizmi: dunyo aqldan ozgan... Biz tiz cho‘kmasligimiz kerak, biz mamlakatni asrab, o‘z xalqimizni himoya qilishimiz lozim. Ishonchim komilki, shunday qilamiz ham", - dedi Lukashenko.
"Bundaylarga bizda doim munosib javob bo‘ladi", - qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024
Lukashenko: RF Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya va Ukrainaga hujum qilmoqchi emas
13:10 / 24.10.2024
Lukashenko Mariya Kolesnikovani afv etish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor
19:19 / 23.10.2024