Jahon | 15:26 / 03.03.2017
5955
3 daqiqa o‘qiladi

MWC 2017'da X3 seriya smartfonlari yangi avlodining prototipi namoyish etildi

Windows flagmani HP Elite X3 smartfoni o‘tgan yilgi Mobile World Congress ko‘rgazma orqali ko‘pchilikka yaxshi tanish. Mazkur model ishlab chiqaruvchilar tomonidan biznesni samarali yuritish va xizmat paytidagi vazifalarni bajarish uchun universal vosita sifatida tanishtirilgandi. 3DNews shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi. 

HP Elite X3 qurilmasini ishlab chiqarishda asosiy e'tibor harakatlar tezligiga qaratilgan. QHD standartida ulkan 6-dyuymli AMOLED-displeyli premium qurilma yaratishning uddasidan chiqishdi. Uning xususiyatlari: 

⦁  Snapdragon 820 chipi va 4 Gb'li operativ xotira;
⦁  64 Gb flesh-xotira va 2 Tb'gacha bo‘lgan microSD xotira kartasiga mo‘ljallangan slot;
⦁  SIM-kartalar uchun ikki slot;
⦁  16 Mp orqa kamera va 8 Mp old kamera;
⦁  4150 mAs hajmli akkumulyator;
⦁  Bang & Olufsen stereodinamikasi; 
⦁  metall korpus o‘lchamlari - 161,8 × 83,5 × 7,8 mm, og‘irligi - 195 g, suv va namlikka chidamli.

MWC 2017 ko‘rgazmasida HP stendi yonida shisha gumbaz ostida Elite X3 qurilmasiga juda o‘xshash model ko‘zga tashlandi. Tabiiyki, jurnalistlar shaffof "parda" ortida yashiringan gadjyetni e'tibordan chetda qolidirshmadi va bunga izoh talab qilib ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillariga murojaat qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu HP Elite X3 kelgusi avlodining kontsept-prototipi ekan. 

"Bu bizning X3 seriyaning keyingi rivojini qanday ko‘rishimizga yaqqol misol bo‘la oladi", - deya qisqa javob berildi.

Taqdim etilgan versiyada ko‘rinishidan u qadar katta o‘zgarishlar qilinmagan. PCWorld mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, frontal kamera old panelning chap qismiga ko‘chirilgan, orqa qopqoqda ishlab chiqaruvchining yangilangan logosi ko‘rinib turibdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, HP Elite X3 bazasida tayyorlanayotgan smartfon yoki uning modifikatsiyasi Snapdragon 835 protsessorini olishi va 6 Gb/8 Gb operativ xotira bilan ta'minlanishi mumkin. 

Mavzuga oid