Piyoda challenge: Sirdaryo viloyati hokimi aholi muammolarini o‘rganish uchun 14 km piyoda yo‘l bosdi
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va boshqa qator mutasaddi xodimlar viloyat va aholi hayotini o‘rganib, muammolarni bartaraf etmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, hokim viloyat korxona, tashkilot va muassasalar, shaharning mutasaddi rahbarlari bilan bir kunda 14 kilometr yayov yurib, 3-mavzeni qadam-baqadam kezgani, uning ertasi qanday bo‘lishi haqida kengashgani xabar qilindi.
Tegishli bunyodkorlik ishlari Guliston shahrida ham olib borilmoqda. Mahallalarda tozalik va tartibga erishish maqsadida garajlar buzilib, noqonuniy qurilishlar va to‘siqlar olib tashlanmoqda. Aholi bundan mamnun ekanligini bildirmoqda.
Rejalarga muvofiq, Guliston shahridagi «Habibteks»ning filiali ishga tushadi. U 1000 ga yaqin ishchi o‘rniga ega. Shahardagi bu yirik fabrikaning asosiy ishchi-xizmatchilari kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari bo‘ladi.
«Viloyat hokimi tumanlarning biridan qaytayotgan ekan, yo‘lda xaloyiq bandalikni bajargan yurtdoshini qabristonga olib ketayotganini ko‘ribdi va darhol mashinadan tushib, tumonat orasiga kirib, tobutga yetib, uni yelkasiga olibdi. Qabristonga boribdi, u yerda barcha amallar bajarib bo‘lingach, atrofni aylanib ko‘ribdi. Norozi bo‘libdi. Qabriston bunday xarob bo‘lmasligi kerak-da, deganmish. Bu voqea ham elimiz orasida tarqalib ketdi. Darvoqe, o‘sha qabriston Mirzaobod tumanida edi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
19:17 / 30.09.2024
Bunaqada sohada kim qoladi? Yangibozor hokimi misolida dehqonlarga munosabat
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
18:30 / 20.09.2024