Jahon | 00:31 / 07.03.2017
10844
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh o‘z fuqarolarini butun dunyodagi xavflardan ogohlantirdi

AQSh davlat departamenti terrorchilik va jinoiy guruhlar harakatlari bilan bog‘liq holda o‘z fuqarolarini boshqa davlatlarga, jumladan Yevropaga borishning xavflaridan ogohlantirdi. 

"Terrorchilik hujumlari, siyosiy g‘alayonlar va zo‘ravonlik harakatlari hech qanday ogohlantirishsiz yuz bermoqda, AQSh fuqarolariga juda ogoh bo‘lish va safarlari chog‘ida xavfsizlik masalalarida o‘z xabardorliklarini oshirish maqsadida choralar ko‘rishlari qat'iyan tavsiya qilinadi", deyilgan davlat departamenti tarqatgan hujjat matnida. Unda ta'kidlanishicha, AQShning xorijdagi hukumat muassasalari "vaqti-vaqti bilan yopilib turishi va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatishi" mumkin, elchixonalar va konsulliklar bunday holatlarda amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirishadi.  

Ogohlantirishda dunyoning turli hududlarida duch kelish mumkin bo‘lgan xavflar ro‘yxati keltirilgan. Davlat departamentining ta'kidlashicha, "xorijiy jangarilar Suriya va Iroqdan o‘z vatanlariga qaytganlari sayin terrorchilik guruhlari Yevropaga hujumlarni rejalashtirishni davom ettirmoqdalar". Bundan tashqari, ba'zi odamlar IShID tashviqotiga ta'sirchan bo‘lishlari mumkin. Ekstremistlar shuningdek Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Afg‘onistonda faol harakat qilishadi.   

Mavzuga oid