Fan-texnika | 00:07 / 07.03.2017
8503
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaliklar "Yil avtomobili"ni tanlashdi

Yevropada har yil o‘tkaziladigan "Yil avtomobili" g‘olibi Peugeot 3008 krossoveri bo‘ldi. Umumiy hisobda 319 ball to‘plagan modelga bosh mukofot Jyenevada xalqaro motorshou ochilishi arafasida topshirildi. 

Qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: 2-o‘rinni Alfa Romeo Giulia (296 ball), 3-o‘rinni "Mersedes" E-Class (197 ball) egalladi. Yetakchi beshtalikdan 172 va 166 ball to‘plagan Volvo S90 va Citroen C3 modellari ham o‘rin oldi. Ular ortidan Toyota C-HR krossoveri va Nissan Micra xetchbegi (165 va 135 ball mos ravishda) kelmoqda.

G‘oliblar Yevropaning 22 ta davlatidan avtomobilsozlik sohasini yorituvchi 58 nafar jurnalistdan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi.

2015 yilda Yevropaning eng yaxshi avtomobili sifatida Volkswagen Passat, 2016 yilda Opel Astra xetchbegi tanlangandi. 

Mavzuga oid