Qirg‘iziston sobiq prezidenti Bakiyev Minskda hashamatli uy qurdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmonbek Bakiyev Minsk shahrida hashamatli uy qurdi. Bu haqda Belarus OAV xabar bermoqda.
2010 yilda Qirg‘izistondagi aprel inqilobidan so‘ng Bakiyev Belarusga qochgan va “Plavno” qarorgohida yashab kelayotgandi. Bakiyev bir qator OAVga bergan intervyusida Minsk shahrida besh yil davomida qurilgan uyga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.
Hashamatli uy “Lebyajiy” kichik tumanida joylashgan. Qirg‘iziston sobiq prezidentining qo‘shnilari amaldorlar va mashhur sportchilar ekani aytilmoqda. Jurnalistlarning xabar qilishicha, devorlardan birida Qurmonbek Bakiyevning “Og‘riq, muhabbat, umid: mening Qirg‘izistonim” kitobi muqovasidagi suratni ko‘rishgan.
Mavzuga oid
09:55
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024