Prezident kutilmaganda sportchi qizlarga sovg‘a ulashdi
O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mamlakatimizdagi sportchi qizlarga ajoyib sovg‘alar topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tayyorlangan mazkur sovg‘alar respublikamizning barcha viloyatlariga yetkazildi.
O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda sport bilan shug‘ullanib kelayotgan qizlar uchun 12 xil turdagi sport kiyimlari hadya etilgan. Umumiy hisobda butun respublika bo‘ylab 156 mingta sport kiyimlari tarqatilgan:
Qoraqalpog‘iston respublikasi - 8321ta
Andijon viloyati - 15654
Buxoro viloyati - 13861
Jizzax viloyati - 6418
Qashqadaryo viloyati 16626
Navoiy viloyati - 4657
Namangan viloyati - 11905
Samarqand viloyati - 17300
Surxondaryo viloyati - 9648
Sirdaryo viloyati - 5112
Farg‘ona viloyati - 11889
Xorazm viloyati - 9859
Toshkent viloyati - 11919
Toshkent shahri - 12821
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh sportchi qizlarning ota-onalari va murabbiylari taqdim etilgan mazkur sovg‘alar kutilmagan xushxabar bo‘lganini qayd etishmoqda.
Mavzuga oid
16:17
Shavkat Mirziyoyev: “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini yaratdik”
16:16
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
16:06
Shavkat Mirziyoyev OIIB boshqaruvchilarining yillik uchrashuvi ochilishida ishtirok etdi
21:24 / 23.09.2024