Light | 15:58 / 11.03.2017
49706
6 daqiqa o‘qiladi

Yaxshi, yomon, jahldor: Sizga yoqmaydigan kishilar bilan qanday gaplashish mumkin

Sarmoyador, bloger va tadbirkor Jyeyms Altusher turli toifadagi insonlar bilan til topishish haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Menga baqirishganida, men qo‘rqaman. Sababi bu men nimanidir noto‘g‘ri qilganim va buning evaziga haqqoniy ravishda gap eshitayotganimdan darak beradi.

Atrofdagilarga tahdid qilishga o‘rganib qolganman. Bu yaxshi taktika emas.

Kishilarni tushunishga o‘rganish talab etildi – ular qanday bo‘ladi, ularga qanday ta'sir ko‘rsatish va buni yaxshilash usullari bormi.

1. Baxtli insonlar

Ba'zi insonlar hayotdan juda ham ko‘ngillari to‘lgandek tasavvur uyg‘otadi. Go‘yoki ularni hech narsa tashvishga solmaydi.

Ular mening jahlimni chiqarishgan, sababi men nima uchun ular xursand bo‘lishayotganini tushunmasdim. Ehtimol, men ularga hasad qilgandirman.

Ehtimol, ular badavlat, go‘zal va mendan yaxshiroq bo‘lishgani uchun baxtli bo‘lgandirlar.

Biroq, ko‘pchilik aytganidek “baxtli bo‘lishni istasang – shunchaki baxtli bo‘l”.

Men boshqalar uchun ham quvonish kerak ekanini har doim o‘zimga eslatib turaman. Bilmadim, hammada ham bu osonlik bilan kechadimi. Menda – aniq yo‘q. Buning uchun o‘z ustida ishlash kerak, hamda buni har kuni qilish lozim.

2. Baxtsiz kishilar

Uysizlarga qarash og‘ir. Yoki yaqin insoningiz kasalxonaga yoxud do‘stingiz qamoqqa tushganini bilish ham. 

Men bunday muammolar bilan qanday kurashish lozimligini ko‘p paytlarda bilmayman. Ba'zida bu odamlardan shunchaki yuz burib ketganman.

Biroq achinish – mashq qildirib borish kerak bo‘lgan mushak kabidir. Kimningdir hayotini o‘zgartirishning eng yaxshi usuli – yordamga haqiqatdan ham muhtoj kishiga yordam berish.

Achinish tuyg‘usini mashq qildirish – bu eng yaxshi fitnes.

Men har kuni qizlarimdan bugun kimgadir yordam berishgani bilan qiziqaman. Men o‘zim buni qilmaganimda, ulardan so‘rashga ham haqqim bo‘lmasdi. Yordam kerak bo‘lgan insonlar nimadandir baxtsizdirlar.

3. Yaxshi insonlar

Ba'zi kishilarni baxtli, deyish mumkin emas, biroq ular aniq yaxshilar. Bill Geytsga hasad qilish oson. Mening o‘zim ham uzoq vaqt unga hasad qilganman, shuning uchun uning g‘oyalari “bir tiyinga qimmat”ligiga ishonishni ham istaganman.

Biroq u 100 millionlab dollarni xayriya uchun ajratadi. Aynan u tufayli yaqinda Afrikada bezgakni davolashga o‘rganib olishadi va bunga qadar yechimi bo‘lmagan muammolarni hal etishadi.

Men aynan shunday bo‘lmoqchiman. Muammolarni hal qilishda ishtirok etmoqchiman. Ammo superqahramonlar safini to‘ldirish va Bill Geyts bilan yelkama-yelka turishni istasangiz o‘zingizda superkuchni topishingiz kerak – hasadni o‘ldirish va ular qilayotgan ishni to‘g‘ri baholash.

4. Asabiy odamlar

Gap tasodifiy o‘tkinchi yoki metrodagi tentak haqida emas. Bundaylar bilan nima qilishni yaxshi bilasiz – shunchaki o‘girilib, ketib yuborasiz.

Biroq u rahbar, do‘st, oila a'zosi bo‘lsachi? Bu odam baqirsa, haqorat qilsa, o‘zining “men”ini sizga ko‘rsatishni yaxshi ko‘rsachi? Menga masalan ko‘plab shunday insonlar uchragan – sababi men yoqishni juda ham istaganman.

Bu o‘sha odamning aybi bo‘lmagan. Bu mening aybim edi, sababi bunday qilishlariga yo‘l qo‘yganman. Bunga imkon berish kerak emas.

Muloqotni to‘xtating.

Tanaffus qiling.

Oilaviy kechki ovqatga kelmang.

Hayot juda qisqa. Boshqalar sizni haqoratlashiga yo‘l qo‘ymang. 

Ehtimol, ular yordamga muhtoj ekanliklari sababli o‘zlarini shunday tutishar. Biroq yordam yaqin kishiga zarar yetkazishga bog‘liq bo‘lsa – bu noto‘g‘ri.

Rahmdil bo‘ling, achinishni o‘rganing, biroq muloqotni qilishni to‘xtating. Hattoki rahbar bilan ham. Yonidan o‘tib ketayotganda salomlashing, hamda sizga ovozlarini balandlatmaydigan boshqa ishni ham qidirib boring.
 
Kishilar aynan shunday yo‘l bilan hayvonlarni asrlar va minglab yillar davomida o‘zlariga o‘rgatishgan.

Odamlar – tabiatning bir qismi, va bizga ham shunday uslubni qo‘llasa bo‘ladi.

Xullas, bosh g‘oya juda oddiy: o‘zingizni hurmat qiling. 

Agarda sizga baxtli odamlar yoqmasa, o‘zingiz ham baxtli bo‘lmaysiz. Agarda qo‘pollik qilishlariga imkon bersangiz, shunday qilishda davom etaverishadi.

Dunyoga o‘zingiz haqida jar soling – yoki buni sizning o‘rningizga boshqa kimdir qiladi hamda bu sizning foydangizga bo‘lmasligi aniq.

Mavzuga oid