Namoyishchilar Niderlandiya konsulxonasi binosiga Turkiya bayrog‘ini o‘rnatdi
Namoyishchilar Niderlandiyaning Turkiyadagi konsulligi binosiga bostirib kirib, undagi bayroqni Turkiya bayrog‘iga almashtirdi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
Niderlandiya va Turkiya o‘rtasida siyosiy mojaro kelib chiqishi ortidan Istanbulda norozilik namoyishi boshlangan.
11 mart kuni Niderlandiya hukumati xavfsizlik yuzasidan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi samolyotini qo‘ndirishga ruxsat bermadi. Shundan so‘ng, delegatsiya tarkibida bo‘lgan Fatma Betul Sayan Kaya Germaniyadan mashinada Niderlandiyaga yo‘l oldi. Ammo uni hukumat ortga qaytarib, chegaradan Germaniyaga kuzatib qo‘ydi.
Chovusho‘g‘li va delegatsiya vakillari Niderlandiyada Turkiyadagi konstitutsiya referendumiga bag‘ishlangan mitingda nutq so‘zlamoqchi edi.
Turkiya prezidenti dunyo hamjamiyatini Niderlandiya hukumati xatti-harakatlariga reaksiya ko‘rsatishga chaqirdi va ularni «fashistlarga xos» deb atadi hamda ayol vazirga nisbatan bunday munosabat nomaqbul ekanligini aytdi.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
11:22 / 06.09.2024