Dollarning rasmiy kursi 3500 so‘mlik dovondan o‘tdi
O‘zbekiston Markaziy banki 13 martdan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi bir hafta ichida deyarli 50 so‘mga, 3452,30 so‘mdan 3500,01 so‘mga ko‘tarildi.
Yevroning qiymati qariyb 60 so‘mga oshib 3710,44 so‘mga va rubl 0,50 so‘mga arzonlashib 59,10 so‘mga yetadi.
Markaziy bank buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun har haftada valyutalar kursini belgilaydi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Mavzuga oid
10:50 / 18.02.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin narxi yana osha boshladi – xalqaro moliya bozori sharhi
10:16 / 07.01.2024
Dollar mustahkamlandi, neft narxi osha boshladi – xalqaro moliya bozori sharhi
12:52 / 12.08.2023
Dollarning mustahkamlanishi, foyda va zarardagi kompaniyalar - iqtisodiy taymlayn
13:37 / 20.04.2023