Markaziy saylov komissiyasi to‘rt nafar deputat vakolatini muddatidan ilgari tugatdi
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi bir necha deputatlari vakolatini ular boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan tugatdi. Bu haqda MSK matbuot xizmat xabar berdi.
42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Qayumovich Shadmanov esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan.
128-Sanoat saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Rustam Tuychiyevich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
66-Yangiyer saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Dilfuza Jumanovna O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Shuningdek xabar qilinishicha, Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2017 yil 14 mart kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
15:52 / 20.09.2024
Ilk bor barcha deputatlik o‘rinlariga 5 ta partiya tomonidan 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024