«Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida «Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-ma'naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish hamda yoshlarni vatan, xalq, milliy qadriyatlar, tarixiy-ma'naviy merosga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati va o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.
2017 yil 14 mart kuni bo‘lib o‘tgan Zukko kitobxon» ko‘rik tanlovining institut bosqichida 1-o‘rinni Suv xo‘jaligida menejment fakultetining GENIUS jamoasi, 2-o‘rinni Gidrotexnika inshoatlarini qurish va ulardan foydalanish fakultetining «Muhandis» jamoasi, 3-o‘rinni Yerdan foydalanish va yer kadstri fakultetining «Izdoshlar» jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib bo‘lgan jamoalarni institut rahbariyati nomidan Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektor Q. Shovazov, bosh hisobchi I. Hasanov, Monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i X. Lapasov, «Kamolot» YoIH BT yetakchisi U. Alimov taqdirladi.
Mavzuga oid
09:08 / 27.06.2024
"Har bir fuqaro uchun – bir daraxt" ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi
16:02 / 17.05.2024
“Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi - foto
22:37 / 14.05.2024
«Oltin qalam» milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi
11:12 / 14.03.2024