Jamiyat | 09:35 / 16.03.2017
26355
1 daqiqa o‘qiladi

Chiqindilar orasida yegulik izlayotgan qiz surati HIPA tanlovi g‘olibi bo‘ldi

6-xalqaro fotosuratlar tanlovi – HIPA bosh sovrinini amerikalik fotosuratchi Arash Yagmayyen qo‘lga kiritdi. Uning chiqindilar orasida yegulik izlayotgan qiz surati bosh mukofotga loyiq deb topildi. HIPA tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Dubay Opera uyi binosida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda g‘olib chiqqan surat muallifi 120 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

"Chaqiriq" yo‘nalishi bo‘yicha italiyalik suratkash Djulio Montinining suzish musobaqada ishtirok etayotgan qo‘lsiz suzuvchi aks etgan surati g‘olib deb topildi. 

Tanlov mukofot jamg‘armasi 420 ming dollardan ortiqroq bo‘ldi. 

Mavzuga oid