O‘zbekiston | 19:29 / 18.03.2017
50354
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bayramdan oldin qidiruvda bo‘lgan 634 nafar shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekistonda "Tozalash-aksilterror" amaliyoti davomida qidiruvda bo‘lgan 634 kishi qo‘lga olindi, Bu haqida mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov jurnalistlarga xabar qildi, deb ma'lum qildi REGNUM nashri.

Nazarmuhammedovning xabar berishicha, xalq sayllari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 262 hududda jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlarni oldini olish yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi choralari kuchaytirilgan.

"Navro‘z oldidan barcha qishloq va mahallalarda, ayniqsa, chegaraga yaqin bo‘lgan hududlarda ogohlik va ehtiyotkorlikni oshirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilmoqda", — deya ta'kidlab o‘tdi vazir o‘rinbosari.

Aytilishicha, O‘zbekiston IIV "Tozalash-aksilterror" keng ko‘lamli amaliyotini 21 mart kuni Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan o‘tkazmoqda hamda u respublikada xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan.

Mavzuga oid