Fan-texnika | 17:58 / 20.03.2017
13934
2 daqiqa o‘qiladi

Mashhur «Niva» muallifi vafot etdi

Rossiyaning Tolyatti shahrida Pyotr Prusov hayotdan ko‘z yumdi. VAZ-2121 «Niva» loyihasining bosh konstruktori 76 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda «AvtoVAZ».

«Petr Mixaylovich dunyoda birinchi tashuvchi kuzovga ega avtomobil — afsonaviy VAZ-2121 “Niva” loyihasi rahbari edi. Hozirda, Lada 4×4 deb nomlanadigan avtomobilga Rossiya va xorijda hamon qiziqish katta. Yanada achinarlisi, u o‘zi barpo qilgan avtomobilning 40 yilligi nishonlanadigan 5 aprelga oz fursat qolganida vafot etdi. Zavod uni dafn qilish marosimi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi», — deya bayonot bergan «AvtoVAZ» prezidenti Nikolya Mor.

Prusov ushbu avtomobilsozlik zavodiga 1970 yilda kelgan. 1972 yilda uni VAZ-2121 «Niva» loyihasining bosh konstruktori etib tayinlashdi. 1998-2003 yillar mobaynida korxonaning bosh konstruktori bo‘lib ishlagan va «Oka», VAZ-2110, VAZ-2123 va Kalina modellarini ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan.

Prusov 2017 yil fevral oyidan kompaniya vitse-prezidentining maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Mavzuga oid