Sport | 00:53 / 20.03.2017
4400
2 daqiqa o‘qiladi

Mbappe mavsumdagi 17 va 18-gollarini urib, «Monako»ga g‘alaba keltirdi

Fransiya chempionatining 30-turida «Monako» «Kan» bilan o‘ynadi. «Mishel d`Ornano» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Kilian Mbappe ikkita gol urdi, shuningdek, u ishlagan penaltini Fabino golga aylantirdi. Fabino monegaskliklar jamoasi tarkibida 15 marta 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan va hech qachon adashmagan.

18 yoshli Mbappe esa Fransiya chempionatining mart oyidagi o‘yinlarida beshinchi golini urdi. U mavsum boshidan buyon jamoaning turli turnirlaridagi o‘yinlarida jami 18ta gol urdi va 7 golga hammualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Monako» 71 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinda mustahkam joylashdi, «Kan» 32 ochkosi bilan 16-o‘rinda qolmoqda.

Fransiya chempionati, 30-tur
Kan – Monako 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 13 Mbappe, 0:2 – 49, penalti Fabino, 0:3 – 81 Mbappe.
Kan – Verkutr, Yahyo, Ben-Yussef, Gilber, Da Silva (Makengo, 67), Adeoti, Bessa, Fere, Rodelen, Karamo (Lui, 76), Santini.
Monako – Subashich, Jyemerson, Glik, Mendi, Fabino, Lemar (Bernardu Silva, 82), Moutinyu, Mbappe (Kardona, 88), Dirar, Ture, Jyermen (Bakayoko, 79).
Ogohlantirishlar: Da Silva (38).

Mavzuga oid