Husni Muborak uyiga qaytdi
Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 21 mart kuni Qohiradagi harbiy gospitalni tark etdi va uyiga qaytdi. Bu haqda uning oilasiga yaqin manbalarga asoslangan holda "Youm7" nashri xabar tarqatdi.
Nashr xabariga ko‘ra, uni maxsus tibbiyot avtomobilida Gelipolis tumanidagi uyiga yetkazishgan. Unga rafiqasi Syuzan Sabet hamda o‘g‘li Jamol hamrohlik qilgan.
2 mart kuni Misr sudi Husni Muborakni 2011 yilgi isyon vaqtida namoyishchilarning o‘limida aybdor emas deb topgandi.
14 mart kuni Misr Bosh prokuraturasi sudning qarorini ma'qulladi.
Muborak 2011 yilning 28 fevral kuni, katta xalq noroziligi fonida o‘z iste'fosi haqida e'lon qilganidan so‘ng uy qamog‘iga joylashtirilgandi.
89 yoshli Muborak umumiy hisobda 3 yilni qamoqxona va kasalxonada o‘rtasida o‘tkazdi. Sobiq prezident yana uch yil Qohiraning Maadi tumanidagi harbiy gospitalda bo‘lgan.
Husni Muborakning advokati mijozini oqlovchi muhim dalilini keltirdi
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024