Andijonlik talabalar bayramni qanday nishonlashdi?
Andijon qishloq xo‘jalik institutida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan sayl bo‘lib o‘tdi. Bayram saylida 1500 kishi ishtirok etdi.
Bayram dasturi doirasida Navro‘z ruhi aks ettirilgan badiiy chiqishlarda xalq laparlari, sumalak sayli, yor-yor, beshikka bog‘lash marosimlarida talabalarning chiqishi shodiyonaga aylanib ketdi. “Milliy sport o‘yinlari” tanlovida kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi tarixi asrlarga teng o‘yinlar yoshlarga zavq-shavq bag‘ishladi.
Saylda fakultetlarning “Andijoncha osh tanlovi”, akademik guruhlarning “Bayramona bezatilgan “Navro‘z” milliy taomlar dasturxoni”, “Milliy liboslar va bahoriy turmaklar podiumi”, “Musaffo osmonda varrak musobaqasi”, “Balli qizlar ko‘rik tanlovi”, “Urf-odat va an'analarimizdan lavhalar” tanlovlari o‘tkazildi.
Shuningdek, sumalak, halim, osh, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara kabi milliy taomlarning tayyorlanishida talabalarning bevosita ishtiroki ularda milliy an'analarimizga sadoqat ruhini uyg‘otdi.
Saylda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Fazliddinova, Viloyat “Kamolot” YoIH boshlig‘i E.Abduqodirov ishtirok etib, Navro‘z bayrami bilan tabriklashdi.
Ayniqsa sevimli san'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar sayl ishtirokchilariga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024