Iqtisodiyot | 20:53 / 22.03.2017
7626
1 daqiqa o‘qiladi

Brent nefti narxi 50 dollardan arzonlashib ketdi

May oyida yetkazib beriladigan Brent neftining narxi Londondagi ICE birjasidagi savdolar vaqtida 2,5 foizga arzonlashib, bir barreli uchun 49,71 dollarni tashkil qildi. Neft AQShdagi uglevodorodlar zaxirasi prognoz qilingan 2,8 mln barrel o‘rniga 4,94 mln barrelga oshgani sababli arzonlashmoqda.

Oxirgi marta neft narxi 2016 yil 30 noyabrda 50 dollardan pastroq bo‘lgan.

Avvalroq AQSh energetika vazirligi AQShda o‘tgan haftada neft zaxirasining 4,94 mln barrelga, ya'ni 533,1 mln barrelgacha oshganini ma'lum qilgandi.  

Mavzuga oid