Prezident «Navoiy–Konimex–Miskin temir yo‘l qurilishi»ga o‘zgartishlar kiritdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Navoiy–Konimex–Miskin temir yo‘li qurilishi» investitsiya loyihasi ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritildi. Davlat rahbari Navoiy–Konimex–Miskin yo‘nalishi bo‘yicha qurilayotgan temir yo‘lni Buxoro–Miskin yo‘nalishi bilan o‘zgartirgan.
Ushbu qaror amalga oshirilayotgan loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona sayyohlik yo‘nalishiga birlashtirish orqali Xorazm viloyati va Xivaning turistik salohiyatidan amaliy foydalanishga sharoit barpo etishdir. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarini yanada rivojlantirish maqsad qilingan.
Prezident «Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilishi» loyihasini 2017 yil 1 iyulgacha ishlab chiqish vazifasini topshirgan.
Istisno tariqasida 2017 yil 1 sentabrga qadar, temir yo‘l qurilishi loyihalash va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bilan birga olib boriladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024