Jahon | 17:56 / 22.03.2017
11860
1 daqiqa o‘qiladi

Shtaynmayyer Germaniya prezidenti lavozimiga kirishdi

GFRning sobiq tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Germaniyaning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi. 

Tantanali qasamyod qilish marosimi Berlinda Bundestag (parlament) va Bundesrat (federal yerlar vakillar palatasi)ning qo‘shma majlisida bo‘lib o‘tdi. 

Shtaynmayyer ushbu lavozimda Germaniya davlat rahbari Yoaxim Gauk o‘rnini egalladi. 12 fevral kuni sobiq vazir nomzodini Federal yig‘ilish (GFR prezidentini saylash uchun maxsus kengash)ning mutlaq ko‘pchiligi ma'qullagan edi. Shtaynmayyerga 1260 vakildan 931 nafari ovoz bergandi. 

Mavzuga oid