Jahon | 08:29 / 22.03.2017
4933
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya mudofaa xarajatlarini oshirmoqda

Foto: RIA

Turkiya 2017 yilda harbiy xarajatlar hajmini oshiradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li seshanba kuni ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya shu orqali mudofaa sarf-xarajatlari uchun byudjyet mablag‘larining 2 foizini ajratish bo‘yicha ko‘rsatkichga erishadi. 

"Biz mudofaa xarajatlariga 2 foiz ajratish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. 2017 yilda biz o‘z mudofaa byudjyetimizni oshiramiz, bu xuddi avvalgi yillardagidek ro‘y beradi", - deya aytib o‘tdi Chavusho‘g‘li Vashingtonda chiqish qilib.

Mavzuga oid