Muhojirlar qutqaruv qayig‘i noqonuniy savdo yo‘lida foydalanilgan bo‘lishi mumkin
Italiya prokurorlari muhojirlarning O‘rta Yer dengizidagi xayriya qutqaruv qayiqlari bo‘yicha tergov ishlarini boshladi. Ularning qayd etishicha, bu qayiqlardan odam savdosi bilan shug‘ulanuvchi shaxslar uchun takci xizmati sifatida ham noqonuniy foydalanilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, xususiy tashkilotlarning qayiqlari nafaqat odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ortishiga sabab bo‘lganlikda ayblanmoqda, balki kontrabandani rag‘batlantirishga ham olib kelmoqda.
Prokurorlar qutqaruv qayiqlariga sarflangan pullar qanday moliyalashtirilishi yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
"Liviyada nodavlat qutqaruv kemalari va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida "to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani istisno qilish"ni imkoni yo‘q", - deydi Sitsiliya prokurori Karmelo Zukarro.
U mazkur tergov jarayoniga boshchilik qiladi. Biroq rasmiy sud tergovi hozircha ochilgani yo‘q.
Mavzuga oid
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024
“Suvga to‘ymayotgan sigirlarim sut ham bermay qo‘ydi” – Sitsiliyada qurg‘oqchilik sabab qishloq xo‘jaligi halokat yoqasiga keldi
16:19 / 31.08.2024