Jahon | 22:46 / 24.03.2017
6232
2 daqiqa o‘qiladi

Yamandagi ixtilof qurbonlari soni 4,5 mingdan ko‘proqni tashkil qildi

Foto: AP

Yamanda 2015 yil 26 martda boshlangan ixtilofda 4,5 mingdan ko‘proq fuqaro halok bo‘ldi, 8 mingdan ko‘prog‘i jarohat olgan. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari ma'lum qildi.   

"26 mart kuni Yamandagi ixtilofga 2 yil bo‘ladi. 2015 yil 26 mart kunidan Yamanda jangovar harakatlar oqibatida 4,733 ming fuqaro halok bo‘lgan va 8,272 fuqaro yaralangan. Bunda faqat tasdiqlangan qurbonlar va yaralanganlar miqdori ko‘rsatilgan. Qurbonlar haqiqiy soni esa, shubhasiz, ancha yuqori", deyilgan xabarda.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, mamlakatda 2 yillik ixtilof sababli hozirda 21 mln kishi yoki aholining 82 foizi gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi bir oy ichida havodan zarbalar berish va koalitsiya harbiy kemalaridan o‘qqa tutish oqibatida 106 nafar fuqaro halok bo‘lgan. 

Shu sababli BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra'd al Husayn Yamandagi jiddiy qonunbuzarliklar yuzasidan bildirilayotgan yuzlab xabarlarni tergov qilish bo‘yicha xalqaro mustaqil organ zarurligini ta'kidlab o‘tdi. 

Mavzuga oid