Fan-texnika | 15:26 / 24.03.2017
44832
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi
GM Uzbekistan AJ QK yaqin orada O‘zbekiston ichki bozorida avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda 1news.uz kompaniyadagi manbaga asosan xabar berdi.
«Yaqin orada GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshmasligi aniq», — deya ta'kidlab o‘tgan manba.
Nashrning eslatishicha, 2015 yilning dekabrida “O‘zavtosanoat” ichki bozordagi avtomobillar narxini 30 foizdan ko‘proqqa oshirgan edi.
Avvalroq O‘zbekistondagi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Chevrolet Captiva, Malibu, Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark modellari bo‘yaladigan ranglar ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritilgani haqida ma'lum qilgani borasida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:26 / 10.07.2024
“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik
17:48 / 26.04.2024
12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqariladi
15:05 / 15.04.2024
«O‘zavtosanoat» davlat tashkilotlari xodimlariga Onix sotib olish taklifi bilan chiqdi
22:19 / 10.04.2024