Jahon | 13:28 / 25.03.2017
7883
1 daqiqa o‘qiladi
Guanchjouda elektr stansiyasida fojia yuz berdi, qurbonlar ko‘p
Xitoyning Guanchjou shahridagi Tsunxua okrugida qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasida qulash ro‘y berdi. Buning oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Sinxua».
Bundan tashqari yana ikki kishi jarohatlangan. Ayni damda voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Hozircha qulashga nima sabab bo‘lgani hamda vayronalar ostida qancha inson qolayotgani noma'lum.
Mahalliy hukumat hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi.
Mavzuga oid
12:55 / 29.05.2024
Xitoy Toshkent viloyatida quyosh elektr stansiyasini quradi
19:03 / 21.03.2024
Hindistonda dunyodagi eng yirik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
07:57 / 05.09.2023
Guanchjoudan Toshkent yoki Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
10:36 / 04.08.2023