Video: Tramp tarafdorlari va raqiblari mushtlashishdi
Internet tarmog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampning tarafdorlari va raqiblari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Los Angeles Times nashri yozmoqda.
Hodisa Kaliforniya shtatining Hantington-Bich shahrida ro‘y bergan. Mushtlashuvga qora niqobli kishining qalampirli balonchadan Trampni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiya tashkilotchisi yuziga sepgani sabab bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida ikki kishi jabrlangan. Jahl otiga mingan odamlar to‘dasini politsiya tarqata olgan. Ular 6 kishini hibsga olgan. Ularning barchasi prezidentga qarshilar guruhidan bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, bu Tramp tarafdorlari va raqiblarining ilk to‘qnashuvi emas. Shunga o‘xshash hodisalar uning inauguratsiyasidan beri davom etib keladi.
Mavzuga oid
17:55
Grin karta mavsumi 2 oktyabrdan boshlanadi
15:47
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
12:10
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:37 / 28.09.2024