Jamiyat | 07:48 / 27.03.2017
11094
1 daqiqa o‘qiladi

Mashhur aktyor yurak xurujidan keyin sog‘lig‘ini tiklab oldi

Ispan aktyori Antonio Banderas yanvardagi yurak xurujidan keyin sog‘lig‘ini tiklab olganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men 26 yanvarda yurak xurujini boshdan kechirdim, biroq u jiddiy bo‘lmagan va hech qanday asorat keltirib chiqarmadi", deb aytgan Associated Press axborot agentligi. 

56 yoshli aktyorning aytishicha, unda stentlash amaliyoti amalga oshirilgan. Banderasning ta'kidlashicha, "bu ba'zilar yozgandek, uncha ham fojiali bo‘lmagan".

Mavzuga oid