2017 yilda aviaparvozlar uchun eng arzon kun ma'lum
2017 yilda aviaparvoz uchun eng arzon kun 6 iyun bo‘ladi. Bu haqda CheapAir.com sayti tadqiqotida aytiladi.
Servis bosh direktori Jyeff Klining so‘zlariga ko‘ra, iyun boshi butun yoz mavsumidagi parvozlarning eng arzon vaqtiga aylanadi.
Chiptalar yakshanba, 9 iyul kuni safarga chiqilsa, eng qimmat narxga sotib olinadi. Shu bilan birga, agarda iyulda samolyotga o‘tirish albatta talab etilsa, bu holatda 3,4 yoki 5 iyul sanalaridan birini tanlash kerak – bu kunlarda parvozlar ancha arzonroqqa tushadi. Avgustdagi eng arzon kuni 22, sentabrda esa o‘n ikkinchi bo‘ladi.
CheapAir.com’da ta'kidlanishicha, kuzgi mavsumning birinchi oyidayoq aviaparvozlar o‘rtacha qiymati yetti foizga tushadi.
Tadqiqotga ko‘ra, safarlar uchun eng qimmat oy – dekabr. May va noyabrda esa parvozga chiqish arzonroqqa tushadi.
Xabarlarga ko‘ra, Yevropa hamda Osiyoga bo‘lgan aviareyslarga chiptalarni samolyotga chiqishdan besh-yetti oy avval xarid qilish ancha foydali. Bunda parvoz narxi uning asl qiymatidan 76 foizga arzonroq bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
12:10 / 10.10.2024