Sport | 20:03 / 28.03.2017
21437
2 daqiqa o‘qiladi

Oq libos va Ahmedovning goli O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi

JCh–2018 turniri saralash bosqichi A guruhi 7-turida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

“Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 65-daqiqasida Odil Ahmedov jarima zarbasini golga aylantirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi ochkolari sonini 12 taga yetkazib oldi va uchinchi o‘rinda qoldi. Qatar termasi esa 4 ochko bilan guruhda so‘nggi – oltinchi pog‘onaga tushib ketdi.

Qayd etish kerakki, bu o‘yin oldidan terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan saralash o‘yinlari doirasida ilk marta terma jamoani oq libosda o‘ynatishga qaror qilgandi. 

“A” guruhi 7-turida, shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasi Suriyani (1:0), Eron terma jamoasi esa Xitoyni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.

JCh–2018 saralashi, 7-tur
Toshkent, O‘zbekiston
28 mart, seshanba  

O‘zbekiston  – Qatar 1:0

Gol: Odil Ahmedov (65)

Ogohlantirishlar: Aziz Haydarov (21), Odil Ahmedov (40), Aleksandr Lobanov (83) – Sebastyan Soriya (67)

O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Aleksandr Merzlyakov, 5.Anzur Ismoilov, 2.Yegor Krimets, 22.Davron Hoshimov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 23.Eldor Shomurodov, 8.Server Jyeparov (17.Vadim Afonin, 81), 10.Sardor Rashidov (4.Marat Bikmayev, 60), 11.Igor Sergeyev (14.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 86).

Qatar: 22.Saad Al Shib, 2.Muhammad Musa, 6.Muhammad Kasola, 7.Rodrigo Tabata (8.Ali Asadalla, 69), 9.Yosir Isa, 10.Hasan Al Haydos (19. Ali Almuaz, 78), 13.Ibrohim Majid, 15.Pedro Korreya, 16.Akrom Afif, 18.Luiz Junior, 23.Sebastyan Soriya.

Mavzuga oid