Jahon | 23:17 / 30.03.2017
4001
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela oliy sudi parlament vakolatlarini o‘z zimmasiga oldi

Foto: AP

Venesuela oliy sudi muxolifat tomondan nazorat qilinuvchi Milliy assambleyadan (parlament) qonunchilik hokimiyati vakolatlarini o‘z zimmasiga olishini e'lon qildi. Mamlakat oliy sudi tegishli hukmni 30 mart kuni chop etdi. 

"Milliy assambleya tomondan sud hokimiyatiga hurmatsizlik qilish va noqonuniy qarorlar qabul qilinishi davom etar ekan, ushbu sud idorasi parlament majburiyatlari bevosita idoraning o‘zi yoki u huquqiy davlatni saqlab qolish uchun yaratadigan organ tomondan amalga oshirilishiga kafolat beradi", deyilgan hukm matnida.

Hukmga ko‘ra, sud hokimiyatiga hurmatsizlik mamlakat parlamenti oliy sudning 2015 yil dekabrda Amasonas shtati deputatlari saylanishining noqonuniy deb tan olinishi talabini bajarmaganidan iborat.  

Muxolif "Demokratik birdamlik bloki" 2015 yil dekabrda parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgandan keyin Venesuela siyosiy inqirozni boshdan kechirmoqda.  

Mavzuga oid