Kim Chen In Koreya xalq armiyasi tank ekipajlarini ko‘rikdan o‘tkazdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatning oliy bosh qo‘mondoni sifatida Koreya xalq armiyasi tank bo‘linmalarini ko‘zdan kechirdi.
KMTAning xabar qilishicha, zirxli texnikalarni boshqarish va ulardan nishonga olish borasida Ryu Gyon Su nomidagi 105-Seul gvardiya tank diviziyasi eng yaxshi natijani ko‘rsatgan.
Mazkur diviziya 1950-1953 yillardagi urush qahramonlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat qurolli kuchlari marshali bo‘lgan Kim Chen In fikricha, "tanklar ekipajlari Koreya yarim orolining janubiy qismini ozod qilishda oldilariga qo‘yilgan topshiriqlarni mustaqil bajara olishlarini ko‘rsatishgan".
U, shuningdek, KXDR tankchilari "yo‘lida duch kelgan barcha narsani vayron qilib, dushmanni bir zarba bilan yakson qilishi"ga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
20:19 / 13.09.2024
KXDR yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uran boyitiladigan zavod suratlarini e’lon qildi
14:33 / 10.09.2024